Endi WhatsApp'da stikerlar yaratish mumkin

Texnologiya

image

Android uchun WhatsApp'ning beta-versiyasi sun’iy intellekt yordamida suratni stikerga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

Yangilik WhatsApp ilovasining 2.23.17.14 versiyalari uchun faollashtirilgan. Ularga endi stikerlar yorlig‘ini ochish uchun "Yaratish" tugmasi kiritilgan. U bosilganda foydalanuvchidan tavirni kiritishni taklif qiladi. Ilova sun’iy intellekt yordamida bunday funksiyani amalga oshiradi, shundan so‘ng foydalanuvchi chatda foydalanish uchun kerakli stikerni tanlashi mumkin.

Qayd etilishicha, obunachilar yaratilgan stikerlarga munosabat bildira oladi. Misol uchun, agar foydalanuvchi ularni nomaqbul deb hisoblasa, bu haqda ishlab chiquvchilarga xabar berishi mumkin. Stikerlarni oluvchilarga esa ular SI yordamida yaratilgani haqida xabar beriladi.

Bunday xususiyat hozircha faqat beta testerlarining juda cheklangan guruhi uchun mavjud. WhatsApp'ning barcha versiyalarida innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish muddati hali ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, WhatsApp Telegramda mavjud bo‘lgan videochat funksiyasini taqdim etdi.


Maqola muallifi

Teglar

WhatsApp sun'iy intellekt Android stikerlar beta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing