Endi valyuta ayirboshlashda pulning manbasi tekshiriladi. Qirg‘izistonda!

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy banki valyuta ayirboshlash shoxobchalari uchun yangi qoidalarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, joriy yil 14 yanvardan boshlab yirik yoki noodatiy operatsiyalar amalga oshirilganda, ayirboshlash shoxobchalari mijozlarning hujjatlari va mablag‘larining kelib chiqish manbasini tekshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu talab Qirg‘iziston fuqarolariga ham, chet elliklarga ham taalluqli. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Regulyatorning tushuntirishicha, ushbu qaror daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan.

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari uchun joriy etilayotgan majburiyatlar:

  • mijozlarni, jumladan chet elliklarni ham tekshirish va ularning hujjatlarini ko‘rib chiqish;
  • zarurat tug‘ilganda mablag‘lar manbasini aniqlashtirish;
  • yirik va g‘ayrioddiy operatsiyalarga alohida e’tibor qaratish;
  • shubhali bitimlarni vaqtincha to‘xtatish va bu haqda Qirg‘iziston Milliy bankini xabardor qilish;
  • valyuta ayirboshlash operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni kamida besh yil davomida saqlash.

Yangi qoidalar 14 yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshlari 100 foizga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta ayirboshlash pul yuvish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing