Endi O‘zbekistondan ko‘proq valyuta olib chiqish mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tahrirdagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ko‘ra, Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini erkinlashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Yangi tahrirdagi qonun bir qator me’yorlar va mexanizmlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, unda valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishning asosiy tamoyillari belgilandi.

Xususan:
• valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi;

• valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi;
rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi asosiy tamoyillar sifatida belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, milliy valyutaning mavqeini kuchaytirish maqsadida, davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar milliy valyutada undirilishi, tovar va xizmatlar uchun narxlar hamda jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada o‘rnatilishi qonun darajasida belgilandi.

Shu bilan birga:
• valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘larning erkin tasarruf etilishi;

• valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bir qator ruxsat berish tartibotlarining bekor qilinishi;

• tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni O‘zbekiston Respublikasiga repatriatsiya qilish bo‘yicha talablar;

• rezident jismoniy shaxslar tomonidan xorijda cheklovlarsiz hisobvaraqlar ochishga ruxsat berilishi;

• jismoniy shaxslar o‘rtasida nosavdo valyuta operatsiyalari bo‘yicha 100 million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi mumkinligi;

jismoniy shaxslar tomonidan 100 mln. so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan erkin olib chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Qonunning yangi tahririda valyuta operatsiyalarining amaliyotdagi mavjud turlari qamrab olindi hamda qonunchilikdagi havola qiluvchi normalar maksimal darajada qisqartirildi va mazkur qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank xorijga pul miqdori

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing