Endi O‘zbekistonda bolalarga ham himoya orderi beriladi
Jamiyat
−
09 fevral
3384Endilikda bolalarni turli zo‘ravonliklardan himoya qilish maqsadida ularga himoya orderi beriladi. Bu haqda parlamentning quyi palatasi ma’lum qildi.
Ushbu amaliyot Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan. Unda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, bolalarni zo‘ravonlikdan asrashga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, ularning vakolatlari belgilangan.
Bundan tashqari, loyihada bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki, ularning majburiyatlari, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaslik qayd etilgan.
Bildirilishicha, mazkur loyihani ishlab chiqishda Germaniya, Fransiya, Daniya, Singapur, Vengriya, Bolgariya, Albaniya, Gruziya kabi davlatlarning tajribasi o‘rganilgan.
Hozirda qonun loyihasi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligining "Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasida himoya ordenining berilish tartibi ko‘rsatib o‘tilgani aytilgandi.
LiveBarchasi