O‘zbekistonda pedofillarning ro‘yxati tuziladi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda pedofillarning reyestri yuritiladi. Bu haqda Adliya vazirligining "Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Avvalroq Shahnoza Mirziyoyeva UNICEF, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan milliy davra suhbatida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish va pedofillar ro‘yxatini shakllantirish taklifini bildirgandi. 

Endi esa Adliya vazirligi bolalarga jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxs (pedofil)larning huquqlarini cheklashga doir qator normalar belgiladi va ushbu qonun loyihasini regulation.gov.uz rasmiy sahifasida muhokamaga qo‘ydi.

Ushbu qonunda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxs (pedofil)larga nisbatan qo‘yiladigan cheklovlar hamda bir qator tashkilotlarning bolalarni himoya qilishdagi vakolatlari belgilangan. Hujjatga ko‘ra, maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi bepul ishonch telefonining ishlab turishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, qonunda himoya ordenining berilish tartibi haqida ham so‘z borgan. 

Ma’lumot uchun, qonun loyihasining muhokamasi 27 oktyabr kuni yakunlanadi va rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tib, kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Shahnoza Mirziyoyeva 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan milliy davra suhbatida bolalarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo‘ravonlik holatlari haqida nutq so‘zlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pedofil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing