Endi O‘zbekistonda 15 yoshga to‘lmaganlar ham ayrim sohalarda ishlashi mumkin

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda 15 yoshga to‘lmaganlar ham ishlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 24 avgust kuni “Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilingan. 

Qarorda keltirilgan ro‘yxatda 219 ta “yengil turdagi” madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish muassasalari va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar, shuningdek, asarlar yaratish, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.

Mazkur ro‘yxatda ko‘rsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi, ta’lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

voyaga etmaganlar ishlashi mumkin ayrim sohalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing