Endi O‘zbekistonda har o‘quv yili boshida OTMlar reytingi e’lon qilinadi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joriy yilning 7 iyun kuni “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari reytingi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.

Reytingni aniqlash uchun ma’lumotlar 1 fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.

Inspeksiya har yili may-iyun oylarida quyidagilarni o‘tkazadi:

•    professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;
•    talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va ta’lim sifatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma.

Reyting natijalari har yili keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

10

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing