Endi universitetga kirishda B1 darajali sertifikat ham imtiyoz beradi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi. Bu haqda kecha, 28 yanvar kuni hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:

  • B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
  • B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Ma’lumot uchun, ilgari mazkur yo‘nalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

chet tili B1 sertifikat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing