Navoiyda 8 yoshli bola chet tilidan B2 sertifikatini oldi
Jamiyat
−
19 aprel 3395 1 daqiqa
Navoiy shahridagi 4-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Muhammadali Yusupov ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Muhammadali 8 yoshda. Shu tariqa, u yosh toifasida ingliz tilidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekord yangilab bergan.
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda chet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi.
Qolaversa, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari uchun ham kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro til sertifikatini olish majburiy etib qo‘yilgan. Bu talab 2026 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi kerak edi, ammo ba’zi sabablar tufayli 2026–2027 o‘quv yili boshiga qadar uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Islombek Mansurov ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi