Endi Twitter'da video va audio qo‘ng‘iroqlar qilish mumkin bo‘ladi

Texnologiya

image

Twitter egasi Ilon Mask tez orada platformaga audio va video qo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shishini aytdi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida yozgan.

“Tez orada bu platformada sizning nomingizdan istalgan odam bilan ovozli va video chat bo‘ladi, shuning uchun siz dunyoning istalgan nuqtasidagi odamlar bilan telefon raqamingizni bermasdan suhbatlashishingiz mumkin”, deb yozgan Mask.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ertaga, 11 maydan boshlab ijtimoiy tarmoqdagi barcha shaxsiy xabarlar ham shifrlana boshlaydi.

Maskning qayd etishicha, bundan buyon u Twitter'da boshqa birovning yozishmalarini “boshiga qurol tegilsa ham” oshkor eta olmaydi.

Ma’lumot uchun, Twitter'ni ko‘pgina boshqa ijtimoiy tarmoqlardan ajralib turuvchi farqi video va audio qo‘ng‘iroqlar imkoniyati yo‘qligida, ya’ni foydalanuvchilar faqatgina yozish orqali o‘z fikrini bayon etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing