Endi turarjoy majmualarining nomi o‘zbek tilida bo‘ladi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2648 1 daqiqa
2026 yil 1 yanvardan boshlab turarjoy majmualarini qurishda ob’ektning nomi davlat tilida bo‘lishi, shuningdek, bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydoni atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar ham o‘zbek tilida bo‘lishi talab etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumati ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi normativ-huququy hujjvtlvrni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:
• Turarjoy majmualarini qurishda ob’ekt nomi davlat tilida bo‘ladi hamda davlat tili qoida va talablariga rioya etilishi lozim;
• qurilish ob’ektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan, reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temiryo‘llari”ga qarashli vokzallar, stansiyalar, raz’ezdlar nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi