Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Endi to‘p Rossiya maydonida – AQSH bosh diplomati

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainaning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini Rossiya tomoniga yetkazishlarini aytdi. Bu haqda u kecha, 11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSH va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlanganidan keyin matbuotga ma’lum qildi.

Rossiya-Ukraina urushining borishini sharhlar ekan, Rubio “bu urushning harbiy yechimi yo‘q” ekanini aytdi. U urushni tugatish va AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan qo‘yilgan tinch maqsadni amalga oshirish yo‘li muzokaralar orqali o‘tishini ta’kidladi.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu aynan Tramp “ko‘rmoqchi bo‘lgan” ssenariy:

“Ammo biz muzokaralar olib borishimizdan oldin tomonlar bir-biriga qarata o‘q uzishni bas qilishi kerak”, deydi u.

Uning aytishicha, Ukraina bunga rozi, keyingi qadam buni Rossiya tomoniga yetkazish bo‘ladi. Rubio Rossiya tomoniga Ukrainaning ijobiy nuqtai nazari bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish taklifini yetkazishlarini aytdi:

“Umid qilamizki, ular “ha” deb javob berishadi. Endi to‘p ruslar maydonida”, dedi Rubio.

Ma’lumot uchun, kecha, 11 mart kuni Jidda shahrida AQSH va Ukraina delegatsiyalari muzokara o‘tkazdi. Ukraina delegatsiyasi tarkibida Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Mudofaa vaziri Rustam Umarov va Prezidenti devoni rahbarining o‘rinbosari Pavel Palisa ishtirok etdi. AQSH delegatsiyasi tarkibida esa Davlat kotibi Marko Rubio va Prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Maykl Uolts bor edi.

Eslatib o‘tamiz, muzokaralardan so‘ng Ukraina Prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak agar Rossiya xuddi shunday qadamga rozi bo‘lsa, Ukraina AQSHning 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyorligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing