Endi Tramp sudga har kuni 10 ming dollar to‘laydi
Olam
−
26 aprel 2022
12713Nyu-York sudi kecha, 25 aprel kuni AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampni sudga hurmatsizlikda aybdor deb topdi. Bu haqda Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jeyms ma’lum qildi.
Bundan tashqari, sud sobiq Amerika Prezidentini “Trump Organization”ning gumon qilinayotgan jinoyatlari bo‘yicha tergov doirasida hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgani uchun kuniga 10 ming dollar to‘lashga majbur qildi. Ta’kidlanishicha, Tramp bu summani sud talabini bajarmagunicha to‘laydi.
“Bugun adolat qaror topdi. Donald Tramp va “Trump Organization”ning moliyaviy amaliyotlari bo‘yicha tergovimiz davom etadi, chunki hech kim qonundan ustun emas”, degan Jeyms.
Ma’lumot o‘rnida, Trampga tegishli kompaniyaga nisbatan tergov kredit olishda yaxshiroq shartlarga ega bo‘lish uchun sug‘urta hamda soliq stavkalari bo‘yicha ko‘chmas mulk sohasida turli aktivlarning narxlari bilan manipulyatsiya qilinishi bilan bog‘liq.