Endi Toshkent viloyatida elektr energiyasi cheklovi 1,5 soatdan oshmaydi – “Elektr tarmoqlari” AJ vakili

Jamiyat

Toshkent viloyati hududiy “Elektr tarmoqlari" mutasaddisi qator hududlarda elektr energiyasiga o‘rnatilayotgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi. Bu haqda kecha, 8 noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi binosida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha kommunal sohada olib borilayotgan ishlar: muammo, yechim, istiqbol” mavzusida matbuot anjumanida aytib o‘tildi. 

Anjumanda viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kommunal soha rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi. 

"So‘nggi 10 kun ichida elektr tarmog‘idagi uzulishlar sezildi. Ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj oshdi. 

Yozda bo‘lgan cheklovlarni asosan ta’mirlash ishlari olib borilganda MFYlari, mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan holda, ogohlantirilib ishlar bajarishimiz kerak. Bugungi kunda hamma aholini ogohlantirishning iloji yo‘q. Lekin fuqaro yig‘inlari darjasigacha ogohlantiryapmiz. Korxonalarni albatta ogohlantiramiz. Ular bilan aloqamiz bor. 

Shu kunlarda o‘chishlar kuzatilayotganligini tan olamiz. Ba’zi kam-ko‘stlarimiz bor. Shuningdek elektr energiyasini ishlab chiqarishda ham muammolar sodir bo‘lyapti. Chunki elektr energiyasining ta’minoti bizni bo‘ynimizda bo‘lsa, ishlab chiqrish boshqa tashkilotlarga bog‘liq. 

Endi u nuqsonlar ularga bog‘liq. Ammo harakat qilyapmiz, bu yil o‘zgarishlar bo‘ladi. Uzoq muddatlarga o‘chirmasdan, oldingi yillarga nisbatan cheklovlarni kamaytirishga bir, bir yarim soatga uzog‘i bilan harakat qilyapmiz", dedi Toshkent viloyati hududiy “Elektr tarmoqlari” AJ vakili To‘raxo‘jayev Odil.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining 8 ta hududida elektr energiyaga talab oshgani sababli noma’lum muddatga cheklov o‘rnatildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektr energiyasi Toshkent viloyati cheklovlar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing