Endi “Toshkent-3” terminalida qilingan qoidabuzarliklar uchun jarimalar transport egasiga yuboriladi
Jamiyat
−
14 may
4983Mahalliy aviaqatnovlar terminali – “Toshkent-3” terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etadigan kameralar 15 maydan ishga tushadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ayni paytda Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda.
Shunday qilib, 2024 yil 15 maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.
Ma’lumot uchun, terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.
LiveBarchasi