Endi Telegram’ning barcha foydalanuvchilari storis joylay oladi
Texnologiya
−
29 avgust 2023 7984 2 daqiqa
Kecha, 28 avgust kuni Telegram platformasi barcha foydalanuvchilari uchun storis joylash imkoniyatini taqdim etdi. Endi xizmatdan Premuim tarifini sotib olmay turib ham foydalanish mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oddiy foydalanuvchilar uchun oylik va haftalik storis joylash xizmatida ba’zi cheklovlar mavjud: haftada 7 ta, oyiga 30 ta. Bu cheklov miqdoridan kelib chiqib, kuniga uchtadan ko‘p bo‘lmagan storislarni joylash mumkin.
Shunga qaramay, Premium obunachilari oddiy obunachilardan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lib qolaveradi. Xususan, ular kuniga yuztagacha hikoyalar joylashtira oladi. Standart 24 soat o‘rniga Stories displeyining ko‘rinish muddatini 6 soatdan 48 soatgacha tanlash mumkin. Bundan tashqari, ro‘yxatda birinchi bo‘lib Premium obunachilarining hikoyalari namoyish etiladi.
Shuningdek, pullik versiya foydalanuvchilari boshqalarning storislarini qurilma xotirasiga saqlash imkoniyatiga ega, oddiy versiyada esa bu taqiqlangan. Innovatsiyalar, shuningdek, hikoyalar tagidagi belgilar soni chegarasiga ham tegishli - Premium obunachilari uchun 2048 tagacha ruxsat berilgan (oddiy foydalanuvchilar uchun 200 tagacha). Shuningdek, ular havolalar qo‘shishi, imzolardagi matnni formatlashi, shuningdek, geolokatsiyani ko‘rsatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ilova ilk bor storis joylash imkoniyatini 21 iyul kuni taqdim etgan, ammo bu xizmatdan faqatgina Premium ta’rifi obunachilari foydalanishi mumkin edi. Keyinroq, 14 avgust sanasida platforma asoschisi Pavel Durov Telegram’ning so‘nggi beta-versiyasida Premium’ciz storis joylash imkoniyati paydo bo‘lishi haqda o‘zining rasmiy sahifasi orqali xabar bergandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025