Telegram storislar funksiyasini ishga tushirdi

Texnologiya

image

Xabarlar mecsenjeri Telegram  uzoq kutilgan storislar xizmatini taqdim etdi. Unga ko‘ra, foydalanuvchilar ma’lum vaqtdan keyin yo‘q bo‘lib ketadigan yangi hikoyalarni o‘z akkauntlari orqali ulashishlari mumkin. Bu haqda Telegram ma’lum qildi.

Hikoyalarni nashr etish menyusiga chat oynasining yuqori o‘ng tomonidagi yangi belgisini bosish orqali kirish mumkin. Uning yonida allaqachon tanish bo‘lgan "xabar yozish" tugmasi mavjud. Yuqori qismida, shuningdek, kontaktlardagi barcha hikoyalar ro‘yxatini aks ettiruvchi menyu joylashgan. Oddiy holatda menyu minimallashtiriladi va "chatlar" so‘zi yonida kichik belgi bilan ko‘rsatiladi. Agar ekran pastga tortilsa, menyuning to‘liq versiyasi ochiladi va ma’lum bir foydalanuvchini tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, nashr menyusiga kirish orqali, kamera oynasini ochish mumkin. Boshqa ilovalardan farqli o‘laroq endi Telegram'da bir vaqtning o‘zida ikkita kameradan foydalanish imkoniyati mavjud. 

"Ko‘p yillar davomida foydalanuvchilarimiz bizdan Telegram`da storislarini joriy etishimizni so‘rashadi. Biz olgan barcha so‘rovlarning yarmidan ko‘pi hikoyalar bilan bog‘liq. Dastlab, biz bunga qarshi edik, chunki hamma joyda storislar mavjud. Biroq, agar biz foydalanuvchilarimizni tinglamasak va mavjud formatlarni yangilamasak, Telegram  Telegram  bo‘lmaydi ", dedi Telegram  asoschisi Pavel Durov.

Foydalanuvchilar nashrga qo‘shish uchun o‘zlarining to‘plamlaridan stikerlarni tanlashlari mumkin. To‘plamda animatsion kulgichlar ham mavjud. Stikerlar o‘lchamini, aylanish darajasini va ekrandagi o‘rnini o‘zgartirish mumkin.

Bundan tashqari, mesenjer foydalanuvchilari o‘z storislarini kimlar ko‘rishi mumkin ekanligini belgilay oladi. Bunda “kontaktlar”, “tanlangan bir nechta kontaktlar” yoki “yaqin do‘stlar” bo‘limini tanlash imkoniyati mavjud. Ushbu storislarning amal qilish muddati qachon tugashini belgilash - 6, 12, 24 yoki 48 soatdan keyin yoki Profil sahifasida har biri uchun shaxsiy maxfiylik sozlamalari bilan doimiy ravishda hikoyalarni ko‘rsatish ham mumkin.

Hozircha storislar funksiyasidan pulli Telegram Premium obunachilari foydalanishi mumkin. Hikoyalar bilan Telegram  yangilanishi faqat iOC va Android uchun mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov storislar joylash funksiyasini ishga tushirish rejasi haqida iyul oyida ma’lum qilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Telegram storis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made