Endi “svet” va gazni o‘g‘irlab ishlatayotganlar haqida xabar berganlar mukofotlanadi

Jamiyat

image

Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha foto va video xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ma’lum qilindi.

Farmonga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shu jumladan, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab aholi tomonidan Energetika vazirligining internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Bundan tashqari, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar yoki videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun buzilishi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslarga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma kiritiladi.

Shuningdek, O‘zenergoinspeksiya faoliyatiga "Energonazorat" platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasi 2024 yil 1 martgacha tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024 yil 1 oktyabrgacha to‘liq versiyasi joriy etiladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing