Endi suratlar “Garri Potter” filmidagidek harakatlanadi
Bu qiziq
−
25 iyul 2023
6700Runway GEN-2 neyrotarmog‘i rasmlarni jonlantirish funksiyasini yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra endi rasmlar GIF singari harakatlanadi. Bu haqda tarmoq o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
GEN-2 har qanday tasvirni, matnni yoki videoni ajoyib film bo‘lagiga aylantiradi. Bunda u foydalanuvchilarga bir necha xil modelni taklif etadi.
1-modelda oddiy so‘zlardan boshqa narsa ishlatmay matnni videoga aylantirish mumkin. 2-model matn va suratlar orqali video yaratadi. Shunchaki olgan suratingizning o‘zini esa 3-modelda video formatga o‘tkazishingiz mumkin.
4-model ancha zamonaviy va noodatiy. Unga ko‘ra, tarmoqqa joylangan oddiy formatdagi videoni istalgan uslubda o‘zgartirish, unga qo‘shimcha effektlar qo‘shish mumkin. Shuningdek, bezalgan yangi videoni rasm ko‘rinishda saqlash imkoniyati ham mavjud.
5-model: videodagi ma’lum bir ob’ektni belgilab, unga turli effektlar berish mumkin. 3D ko‘rinishidagi animatsion videolarni real hayotdagi biror manzaraga kiritish hamda uni jonli va haqiqiydek ko‘rsatish imkoniyatini 6-model taqdim etadi.
Tarmoq imkoniyatlari yana bir nechta funksiyalarni o‘z ichiga olgan. Neyrotarmoq o‘z sahifasida ushbu imkoniyatlarni “Harakatli suratlar uchun yangi davr”, “Video avlodi uchun yangi standartlar” kabi shiorlar bilan taqdim etyapti.
“Runway Research ijodkorlikning yangi shakllarini yaratishga imkon beradigan multimodel sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqishga qaratilgan. GEN-2 ushbu missiyadagi yana bir muhim qadamlarimizni ifodalaydi”, deb yozilgan saytda.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Skeletonics – ekzoskelet ishlab chiqaruvchi kompaniyasi “Transformerlar”ning kostyumini yaratgan edi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi