Endi soliq nazorati jarayoni videotasvirga olinadi
Jamiyat
−
04 yanvar 2020
53692019 yilning 30 dekabr kuni “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror qabul qilindi.
Nizomga ko‘ra, soliq organining xodimlari, soliq to‘lovchilar hamda ularning vakillari soliq to‘lovchilar faoliyatida o‘tkaziladigan soliq nazorati tadbirlarini videotasvirga olishlari mumkin.
Ushbu nazorat tadbiri jarayonida olingan videotasvir ma’lumotlaridan nazorat tadbirlari natijalarini ko‘rib chiqishda, soliq organlari tomonidan qaror qabul qilishda, shuningdek sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda zarurat bo‘lganda foydalanish mumkin.
Jarayonning videotasvirga olinishi shaffoflik va xolislikni yanada ta’minlaydi, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Nazorat tadbirini videotasvirga olish soliq to‘lovchilarning qonuniy faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaydigan va faoliyat ko‘rsatishiga ziyon yetkazmaydigan tarzda amalga oshiriladi.
LiveBarchasi