Sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruv xodimlariga “staj”iga qarab ustama to‘lanadi

Jamiyat

−

image

Endilikda sog‘liqni saqlash xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun ustama to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda;

hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari esa sog‘liqni saqlash vaziri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

2020 yil 1 noyabrdan Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

•    1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
•    3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
•    5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
•    10 yildan 15 yilgacha – 1;
•    15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
•    20 yildan yuqori – 1,5.


Maqola muallifi

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing