“Endi shunaqa ko‘zga yaqin inson ekanmanda!” Manzura Abror Muxtor Aliy bilan to‘yi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Madaniyat-san’at

image

Ijtimoiy tarmoqda taniqli xonanda Manzura Yo‘ldoshevaning diniy kontentlari bilan tanilgan Abror Abduazimovga turmushga chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xonandaning o‘zi ushbu ma’lumotlarga munosabat bildirdi. 

“O‘rtoqlar, men hech kimga erga tegmayapman. U odamni men hurmat qilaman. Lekin men erga tegishimni sizlardan bilyapman. O‘zi har safar meni kimgadir turmushga berib yuborasizlar. Eng kech bilgan odam men bo‘laman”, degan xonanda ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videosida. 

Shuningdek, Manzura bu xabarni tarqatganlarga kinoya qilib, hammasiga o‘zining mashhurligi sabab ekanligini aytgan. 

“Rosa zerikibsizlar. Ancha bo‘ldi Manzurani gapirmaganimizga, deb shov-shuv qilibsizlar. O‘zi eng shov-shuvli insonlarni  yangilik qilishadida. Men ham shu insonlarning qatoridaman. Endi shunaqa ko‘zga yaqin inson ekanmanda!”, degan Manzura.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Munisa Rizayeva ham yaqin kunlarda belaruslik yigit bilan bo‘lib o‘tadigan to‘yi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

to'y Abror Muxtor Aliy Manzura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing