Endi sanoat yarmarkalari muntazam ravishda o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 may kuni “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, endilikda muntazam ravishda sanoat yarmarkalari o‘tkaziladi.

Hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishning muhim vositasi sifatida elektron kooperatsiya portalining faoliyati tashkil etiladi.

Unda sanoat mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini masofadan tuzish imkoni beriladi.

Qaror bilan 2019 yilda tadbirkorlar tomonidan o‘zlashtirilishi tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarning yangi turlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatdan qariyb 100 ga yaqin mahsulotlar joy olgan. Xususan, ninali shpritslar, yog‘och-tolali plitalar, issiqxona uskunalari hamda elektr choynaklar shular jumlasidandir.

Talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.

“Toshkent mexanika zavodi” AJning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va hududi negizida texnopark tashkil etiladi.

2019 yil 1 iyuldan: 

•    davlat buyurtmachilari tomonidan import tovarlarni xarid qilish to‘g‘risidagi istaklar davlat xaridlari maxsus axborot portalida ham joylashtiriladi;
•    3 yoki undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda davlat xaridlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing