Endi Rossiyada pedofillar umrbod qamaladi
Olam
−
29 yanvar 2022
18381Rossiya Prezidenti Vladimir Putin retsidivist pedofillarga umrbod qamoq jazosini tayinlashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilingan.
Endi umrbod qamoq jazosi quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi:
• 18 yoshgacha (ilgari 14 yoshgacha) bolalarga zo‘ravonlik qilgan retsidivist pedofillar;
• jabrlanuvchilar ikki yoki undan ortiq bola bo‘lgan holatlar;
• boshqa og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Jinoyat kodeksining 131 (“Zo‘rlash”) va 132 (“Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari”) moddalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ushbu jinoyatlarni dastlabki tergov qilish Tergov qo‘mitasi xodimlarining vakolatiga kiradi.
LiveBarchasi