Endi Rossiyada armiyani obro‘sizlantirganlarning mol‑mulki musodara qilinadi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi uchinchi va yakuniy o‘qishda Jinoyat kodeksiga mamlakat armiyasi haqidagi soxta ma’lumotlar va davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyatga ommaviy chaqiriqlar uchun mol-mulkni musodara qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Rossiya qonun chiqaruvchi organi ma’lum qildi.

Hujjat 22 yanvar kuni parlament palatasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi deputatlar guruhi tomonidan kiritilgan bo‘lib, 24 yanvarda birinchi o‘qishda, 31 yanvarda ikkinchi o‘qishda qabul qilingan. Volodinning aytishicha, bu qonun "o‘z vataniga xiyonat qilganlar haqida".

“Mamlakatimiz, bu odamlar farovon yashashi, faxriy unvonlar, mukofotlar, mulklar olishlari uchun barcha ishni qildi, bugun ular bu mablag‘ va mol-mulkni vatanni talon-toroj qilishga, unga, askarlariga, zobitlariga xiyonat qilish, ularga loy chaplash va ularni tanqid qilish uchun ishlatmoqda. Shuning uchun siz va men qonun qabul qilyapmiz. Jinoyat kodeksiga birinchi marta xiyonatkorlarni javobgarlikka tortish imkonini beradigan normalar kiritiladi. Bu hamma mamlakatlarda bor va ular xoinlarga nisbatan qattiqroq munosabatda bo‘ladi, lekin bizda ular ikkinchi yoki uchinchi fuqarolikni oladi. Shu bilan birga, ularning daromad manbalari mamlakatimizga zarba berish uchun ishlatiladi”, deydi Davlat Dumasi raisi.

O‘z navbatida, Dumaning Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Irina Pankina musodara qilish jazo turi emas, balki jinoiy-huquqiy xarakterdagi chora ekanligini ta’kidladi.

“Hech qanday mol-mulk musodara qilinmaydi, faqat ma’lum bir jinoyatga bevosita aloqador bo‘lgan narsalar tortib olinadi”, deb tushuntirdi deputat yalpi majlisda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rostov viloyatida 72 yoshli pensioner ayol Yevgeniya Mayboroda Rossiya armiyasi haqida “soxta xabarlar” tarqatganlikda aybdor deb topilib, besh yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made