Endi Rossiya maktablarida jangovar dronlardan foydalanish o‘rgatiladi

Olam

image

Rossiyada 1 sentyabrdan boshlab maktab o‘quvchilari jangovar maqsadlarda dronlardan foydalanishni o‘rganadi. Bu haqda Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari Artem Sheykin RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Sheykinning so‘zlariga ko‘ra, tegishli taklif Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha kengash bo‘limida ishlab chiqilgan va Rossiya Mudofaa vaziriga yuborilgan.

“Taklif ko‘rib chiqildi va qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, Xalq ta’limi vazirligida ham”, deydi u.

Rossiya Mudofaa vazirligining bildirishicha, dastur dron turlari, vazifasi, ishlash xususiyatlari va umumiy tuzilishini o‘rganish, hududni razvedka qilish va dushman dronlariga qarshi kurashish usullarini ko‘zda tutadi.

“Dastur Rossiya Ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va joriy yilning sentyabr oyidan boshlab “Avangard” yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ta’lim tashkilotlari va o‘quv-metodik markazlarida joriy etilishi rejalashtirilgan”, deyiladi hujjatda.

Aprel oyi oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin maktablarda dronlarni boshqarish kurslarini joriy etishga chaqirgandi. Iyun oyi boshida “Important Stories” nashri Rossiya maktablari bolalarga dronlarni qanday boshqarishni o‘rgatish uchun o‘quv dronlari va boshqa jihozlarni xarid qila boshlagani haqida yozgan edi.

Nashr davlat xaridlari portalidan Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Yakutsk va Yujno-Saxalinsk maktablaridan bunday jihozlarni sotib olish uchun arizalarni topishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya maktab dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing