Endi radarlar qayd etgan tezlikdan 5 km emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi mumkin
Jamiyat
−
16 mart
3583Endi O‘zbekistonda radarlarda qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat emas, 10 km/soatgacha chegirib tashlanishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan.
“Qonun loyihasi bilan tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha radar va spidometrlar ko‘rsatkichlari xatolaridan kelib chiqib, qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlangan holda ma’muriy jazo qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shunday qilib, harakatlanish tezligi 60 km/soat belgilangan hududda radar tomonidan 69 km/soat tezlik bilan harakatlangan deb topilgan haydovchiga jazo chorasi qo‘llanilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish bilan O‘zbekistonda transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi 5 625 000 so‘m jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

