Tezlikni belgilanganidan 60 km/soatga oshirganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi

Jamiyat

image
Rasman: mast holda mashina haydaganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi north_east

Rasman: mast holda mashina haydaganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi  5 625 000 so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu 20 fevral kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun bilan belgilandi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 128-3-moddaning ikkinchi – oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi – beshinchi qismlar bilan almashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi. 

Unga ko‘ra, tezlikni oshirganlik uchun jarimalar quyidagicha bo‘ldi:

  • Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi  – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (1 875 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
  • tezlikni soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi – BHMning 9 baravari miqdorida (3 375 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
  • tezlikni soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi – BHMning 15 barobari miqdorida (5 625 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonunga ko‘ra, ushbu moddaning birinchi – to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qo‘llaniladi.

Ma’lumot uchun, oldin ham tezlikni oshirganlik uchun jarima quyidagicha edi: Tezlik (+20 km/soat): 375 000; Tezlik (+20-40 km/soat): 1 mln 875 ming so‘m; Tezlik (40+ km/soat): 3 mln 375 ming so‘m. Biroq 60+ km/soat tezlik uchun alohida jarima yo‘q edi

Eslatib o‘tamiz, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l harakati qoidalari tezlik transport vositasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing