Endi Prezident har yili tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti har yili avgust oyida tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazadi. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, har yili “20 avgust – Tadbirkorlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Bunda:

  • “Ochiq muloqot” davomida bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
  • har bir hudud bo‘yicha aniq rejalar va erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish;
  • yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 20 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgandi. Shundan so‘ng, 20 avgust O‘zbekistonda Tadbirkorlar kuni etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkor

Baholaganlar

62

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made