Filippin O‘zbekistonda tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining (qarorgohi Pekinda joylashgan) Filippin Respublikasidagi elchisi Baxtiyor Saidov Maniladagi “Malakanang” saroyida Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Dutertega ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimda Filippin Prezidenti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. 

“Men Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida eshitdim. Bu omil nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga, balki mamlakatda va umuman mintaqada tinchlikni, barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda”, deydi u.

Tadbirda shuningdek, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratilishi haqida so‘z bordi. Shu nuqtai nazardan, Prezident Rodrigo Duterte Filippinning yirik “Liwayway” kompaniyasi tomonidan “Oishi” va “Great lake” brendlari ostida O‘zbekistonda ekologik toza mahsulotlar (sharbatlar, shirinliklar, gazaklar, chipslar va boshqalar) ishlab chiqarish bo‘yicha 15 million dollarlik loyihani amalga oshirishni qayd etdi. 

Ushbu ishlab chiqarish Filippin biznesining O‘zbekistonda turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini kengaytirish uchun yaxshi debocha ekaniga umid bildirdi.

Uchrashuv yakunida Filippin rahbari O‘zbekiston Prezidentiga o‘z hurmatini  va uning eng ezgu tilaklarini yetkazishni bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Filippin Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing