Endi paxta moyi narxi davlat tomonidan belgilanmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, endilikda quyidagi tovarlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydigan bo‘ldi:

  • aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan paxta moyi;
  • shulxa va paxta chigiti shroti.

Eslatib o‘tamiz, kiritilgan o‘zgartirishlardan yana biri tegishli ish stajiga ega bo‘lmagan bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanishi edi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 15 sentyabr kunidan qolipli “buxanka” non ham narxi davlat tomonidan tartibga solinuvchi mahsulotlar qatoridan chiqarilgandi. O‘sha kundan “buxanka” non erkin bozor narxida sotila boshlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

qaror paxta moyi

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing