Endi OTMlarga kirish uchun imtiyozlar umumiy kvotaga qo‘shilmaydi
Jamiyat
−
11 may 2022
10733O‘zbekistonda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida fuqarolardan noqonuniy qurilish holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qilish imkoni yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 11 may kuni qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Hujjatga muvofiq, shuningdek:
• OTMlarga o‘qishga kirish uchun beriladigan imtiyozlarning ro‘yxati yagona hujjatda shakllantiriladi hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoida belgilanadi;
• OTMlarda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlashning elektron tizimi joriy etiladi;
• Avtobekatlarda tadbirkorlik ob’ektlarini joylashtirishga ruxsat berishning shaffof elektron mexanizmlari yaratiladi;
• Tashqi reklama ob’ektlarini joylashtirish onlayn auksion tartibiga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.