Endi OTMda o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin
Jamiyat
−
04 dekabr 2020 5626 1 daqiqa
Endilikda O‘zbekistonda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, buning uchun YAIDXPda avtorizatsiyadan o‘tiladi va xizmatdan foydalanish bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiriladi.
Ushbu ma’lumotnoma 5 ish kuni davomida shakllantiriladi va elektron ko‘rinishida YAIDXP foydalanuvchisining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Ma’lum qilinishicha, xizmat mutlaqo bepul.
Avvalroq, ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini onlayn olish imkoniyati taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust