Koronavirus qurbonlari soni 3 mingdan oshdi. Xitoydan tashqarida vaziyat og‘irlashyapti

Olam

image

Bugun, 2 mart holatiga dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 89 068 nafarga yetdi. Bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni 2455 nafarga ko‘paydi.

Koronavirusga chalingan 89 ming kishidan 45 120 nafari davolanib, uyiga javob berildi. Bemorlarning 18 foizi yoki 7356 nafari hamon og‘ir ahvolda qolyapti.

COVID-19 qurbonlari soni bir kunda 69 nafarga ko‘payib, 3046 nafarga yetdi. Virus Xitoydan tashqarida tezroq tarqalyapti. Janubiy Koreya virusning ikkinchi o‘chog‘iga aylandi. Bu yerda virus yuqtirganlar 4 ming nafardan oshdi. Eron esa qurbonlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib qoldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 54 kishi koronavirusdan halok bo‘ldi.

 Xitoydan tashqarida virusga chalinganlar soni 9042 nafarga yetdi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 66 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya, Irlandiya, Estoniya, Dominikan Respublikasi, Belarus, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Monako, Lyuksemburg, Litva, Qatar, Islandiya, Chexiya, Ozarbayjon, Daniya, Meksika, Ekvador, San Marino, Niderlandiya, va Ruminiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing