Endi nodavlat tibbiyot muassasalarida davolanayotgan imtiyozli bemorlarga ham byudjetdan pul ajratiladi

Jamiyat

image

Endilikda otorinolaringologiya va yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishida xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan imtiyozli shaxslar nodavlat tibbiyot tashkilotlarida davolanishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Bunda nodavlat tashkilotda amalga oshiriladigan ushbu tibbiy xizmatlar uchun ham Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan pul ajratiladi. Ushbu amaliyot 2024 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan, 2024 yildan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida qo‘shimcha yiliga kamida 2 mingta raqamli eshitish moslamalari bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, otorinolaringologiya – burun, tomoq va quloq kasalliklarining etiologiyasini aniqlash, tashxislash va davolash bilan shug‘ullanadigan tibbiyot sohasi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 yanvardan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga, davolash muassasasi xulosasiga ko‘ra o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba o‘rganilishi aytilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

tibbiyot muassasalari bemorlar otorinolaringologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar