Endi navbat Andijonga. Viloyatda “tozalash” boshlandi

3-sahifa

image

Andijonda tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 20 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Andijon viloyati ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 9 ta holatda ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 5 ta holatda 16 330 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o‘tkazish, 7 dona noqonuniy qurol, 84 ming donadan ortiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi holatlariga chek qo‘yilgan.

Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 20 nafar shaxslar ushlanib, qonun ustuvorligi ta’minlandi.

“Bundan tashqari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilib, jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida ham kriminogen vaziyat ustidan katta tozalash boshlangandi. Oxirgi 10 kunda jinoyat sodir etgani uchun qidirilayotgan 37 kishi topilgan, 22 kishi bezorilik ustida ushlangan, 248 kishining uyida tintuv o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon jinoyatchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing