Endi Milliy gvardiya xizmatchisining mulkiga yetkazilgan zarar qoplab beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining kecha, 28 iyuldagi qarori bilan Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi. 

Zarar o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tuziladi. 

Shunga ko‘ra, xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar o‘rnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.

Zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masala 10 kun ichida, qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda esa 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Komissiya qarori 3 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi.

Komissiya qarori qabul qilingach, Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

253

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing