Endi MIB o‘z veb-saytida bajarayotgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib turadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori e’lon qilingan edi.

Qarorga muvofiq, Majburiy ijro byurosi 2019 yil 1 oktyabrdan o‘z rasmiy veb-saytida bepul asosda quyidagilarni nazarda tutuvchi ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmati ko‘rsatish tizimini joriy etadi.

Har bir ijro hujjatiga ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlaydigan yagona identifikatsiya raqami (kodi)ni kiritadi.

Shuningdek, avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga ijro harakatlarini amalga oshirishning borishi va ijro ishi yuritishning barcha bosqichlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosi tomonidan ko‘rilayotgan choralar hamda bajarilayotgan ijro harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga doimiy ravishda kiritib boradi.

Internet tarmog‘i orqali yagona identifikatsiya raqami (kodi)dan foydalangan holda undiruvchi va qarzdor tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishning borishini barcha bosqichlarda kuzatish, shuningdek, mavjud qarzni onlayn tarzda to‘lash va bir vaqtning o‘zida ijro hujjati talablarining bajarilganligini qayd etish imkoniyati yaratiladi.

Eng asosiysi, ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda – YAIDXP) orqali ham ko‘rsatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing