Endi MIB uyingizdan istagan narsasini olib ketolmaydi
Jamiyat
−
23 mart 2023
22164Endi Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorda keltirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu norma sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida kiritilmoqda.
Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga faqat O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqlidir.
“Bosh prokuratura bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan talablardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin”, deyiladi Qarorda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr