Endi Madaniyat vazirligi xodimlari ishga do‘ppida keladi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xodimlari endilikda ishga o‘zbek milliy bosh kiyimi do‘ppida kelishadi. Bu haqda vazir Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan barchangizni tabriklayman. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, biz – Madaniyat vazirligi xodimlari ish faoliyatimiz davomida bugundan boshlab do‘ppi kiyishni rejalashtirdik”, deydi vazir Nazarbekov.

U so‘zida davom etarkan, mazkur tashabbus orqali vazirlik xodimlari milliy an’analarni targ‘ib etishda namuna ko‘rsatishni maqsad qilganini qayd etgan.

“Barcha soha vakillarini, ijodkorlarni, vatan fidoyilarini, ko‘ngillilarni ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolaman”, deya so‘zini yakunlagan Ozodbek Nazarbekov.


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirligi do'ppi

Baholaganlar

1175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing