Endi ko‘chmas mulkni begonalashtirishda notariusga bino tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish shart emas

Jamiyat

image

Biroz avval, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Prezident qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulkning yangi egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kommunal xizmatlarning axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi. Bunda kommunal xizmatlar mulkning yangi egalaridan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli emas. 

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan quyidagilar kadastr organlariga elektron yuboriladi;

•    banklar tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini hamda ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda uy-joyni qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar;
•    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektini “E-IJRO AUKSION”da sotish va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish orqali vujudga kelgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlar.

Tashkilotlarning ma’lumotlari asosida mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ariza talab etilmaydi.

Qaror bilan quyidagi tartiblar bekor qilindi:

•    ko‘chmas mulkni begonalashtirishda notariusga bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish;
•    davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga kadastr organining shtampi qo‘yilishini talab qilish;
•    2020 yil 1 yanvardan qurilgan uy-joyga mulk huquqi va ipotekani kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash hamda bankka mulk huquqiga oid hujjat nusxasini va ipoteka bo‘yicha shtamp qo‘yilgan kredit shartnomasini taqdim etish bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlari;


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing