Endi kontrakt to‘lay olmagan talaba o‘qishdan chetlatilmaydi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchi talaba pulni to‘lay olmaydigan vaziyatda bo‘lsa, u o‘qishdan chetlatilmaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi”, dedi vazir.

Qayd etilishicha, talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yili OTMlarda yuqori kurs (2-kursdan boshlab) talabalari uchun masofaviy boshlanadi. Epidemiologik vaziyat yaxshilansa, an’anaviy ta’lim tizimiga qaytish masalasi ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba imtihon

Baholaganlar

737

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing