Endi xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda endi xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi va to‘g‘ri ovqatlanishi uchun sharoitlar yaratiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Respublikada aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytirish rejalashtirilmoqda. 

Xususan, “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, aholiga o‘z sog‘lig‘i va ovqatlanishini nazorat qilishni o‘rgatish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mobil ilova yaratish ko‘zda tutilyapti.

Shuningdek:

  • mahalliy mahsulotlardan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parxez ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari to‘plamini yaratish;
  • ish beruvchilar tomonidan xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi va to‘g‘ri ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mo‘ljallanmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

jismoniy tarbiya xizmat joylari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing