Endi kameralar xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni ham qayd etadi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2023
9755Endilikda Respublika bo‘ylab qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositalarni boshqarishda xavfsizlik kamaridan foydalanmagan holatlarini ham qayd etadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarining 9-bandiga ko‘ra konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi xavfsizlik kamarini taqib olishi kerak.
11-bandiga ko‘ra, yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini taqish haqida ogohlantirishi, shu bilan birga, qoidalarning 23-bandida yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishi shartligi ko‘rsatilgan.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (bugungi kunda 165 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi”, deb ogohlantirdi YHXB.
LiveBarchasi