“Endi ijro organiga oson bo‘lmaydi”. Shavkat Mirziyoyev yangi parlament haqida

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan senat va qonunchilik palatasi vakillarini nazarda tutib, ijro organiga oson bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi. 

“Bugun quyi palata bilan gaplashganimda bildimki, deputatlar ham kechagi deputat emas, xalqimiz ham kechagi xalq emas. Hozir uchrashganda ijro organi rahbariga aytdimki, “ertaga ijro organiga oson bo‘lmaydi”. Nimaga desangiz, joylardagi masalalarni biladigan, ularga beparvo bo‘lmaydigan, ertangi kunga ishonch bilan qaraydigan, saylovchilarga hurmat bilan qaraydigan deputatlarni ko‘rdim. Ularning ko‘zlarida jo‘shqinlik, yaxshi niyat, istak borligini e’tirof etdim”, deydi davlat rahbari. 

Prezident o‘z nutqida shuningdek saylovlar boshqa ruhda o‘tganligiga, parlamentda ayollar ko‘pligi ijobiy hol ekanligini aytdi.  

“Dunyo hamjamiyati ham bergan e’tirofi, ya’ni saylovlar boshqacha ruhda o‘tgani, muhit kechagi muhit emasligiga yana bir bora amin bo‘ldim va men o‘ylaymanki, senatorlarimiz ham shunday sinovlardan o‘tdi. Senator barcha masalalarni chuqur qilib, qabul qilishda sizlar sezgir bo‘lishingiz kerak.

Xuddiki, Oliy majlisda qanday bo‘lsa, bu yerda ham shunday fikr mulohaza yuritiladi. U yerda yoshlarni ko‘rdim. Eng katta yutug‘imiz – ayollar ko‘pligidir. Men o‘ylaymanki, qayerda ayollar bo‘lsa, o‘sha yerda adolat bo‘ladi, haqiqat va poklik bo‘ladi. Natija boshqacha bo‘ladi”, deya ta’kidladi Prezident senatorlarga qarata.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Senat

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing