Endi inson a’zolarini transplantatsiya qilishga majburlaganlar 8 yilgacha qamaladi

Jamiyat

image

Inson a’zolarini transplantatsiya qilishga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti imzolagan qonunda belgilangan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi va bu qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik, shuningdek ularni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

transplantatsiya

Baholaganlar

64

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing