Endi Google quloqchinlar orqali yurak urishini aniqlay oladi

Texnologiya

image

Google IT korporatsiyasining tadqiqot bo‘limi Google Research quloqchinlar yordamida yurak urish tezligi va uning o‘zgaruvchanligini o‘lchashning yangi mexanizmini topdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri ma’lum qildi. 

Google tomonidan taklif qilingan yurak urish tezligini o‘lchash usuli “audio pletismografiya” deb ataladi. Bunda quloqchinlarning mikrofoni inson qulog‘iga eshitilmaydigan past intensivlikdagi to‘lqinni ilg‘aydi. Dasturiy ta’minot esa mikrofon qayd etgan bu o‘zgarishlarni yurak urishi haqidagi ma’lumotlar sifatida qabul qiladi.

Bildirilishicha, dastlab kompaniya odamlar harakat qilayotganda yurak urish ma’lumotlarini aniqlashga qiynalgan. Ammo keyinchalik Google ushbu muammoni ham hal qildi. Endilikda bu usul orqali odam musiqa eshitayotgan vaqtda ham kardio signallarni aniqlash mumkin.

Kompaniya “audio pletismografiya” usulini 153 kishida sinab ko‘rdi. Bunda signallarning o‘zgaruvchanligini aniqlashdagi xatolik 2,5-3 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google generativ SI texnologiyasi orqali katta maqolalardan asosiy fikrlarni ajratib olish xizmatini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Google quloqchinlar yurak urishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing