Endi G‘azo degan joy deyarli yo‘q – Erdo‘g‘an

Olam

image

Isroilning zarbalari oqibatida G‘azo sektori deyarli butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Berlinda o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Hozirgacha 13 ming falastinlik bolalar, ayollar va qariyalar halok bo‘ldi. Endi G‘azo degan joy deyarli yo‘q, u yerda hamma narsa vayron bo‘lgan”, degan Turkiya rahbari.

Shuningdek, u "garovga olinganlar va mahbuslar ko‘p yillar davomida Isroil tomonidan ushlab turilganini" ta’kidlagan. 

“Buni payqamaslik adolatsizlikdir”, deydi Turkiya rahbari Erdo‘g‘an.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Isroil-Falastin mojarosining kuchayishi “1967 yilgi chegaralarga asoslangan ikki davlat yechimi endi muqarrar ekanligini” yana bir bor ko‘rsatgan.

Shuningdek, u Isroilning yadro quroliga egaligi masalasiga ham to‘xtaldi. 

“Isroil hozirda yadro quroliga egami? Ha, u bor, lekin Isroildan so‘rasangiz, ular buni tan olmaydilar. Chunki ular yolg‘on gapirishga juda usta”, deydi Erdo‘g‘an.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi istiqbollari haqida gapirar ekan, Erdo‘g‘an Anqara “52 yildan beri Yevropa Ittifoqi eshiklarida kutayotganini” eslatgan. 

Shuningdek, Prezident Erdo‘g‘an mudofaa sanoati sohasida to‘siqsiz hamkorlik Turkiya va Germaniyaning mushtarak manfaatlariga mos ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Bloomberg” nashri Turkiya va Germaniya rasmiylariga tayanib Rajab Toyib Erdo‘g‘an Berlinga tashrifi chog‘ida Germaniya kansleridan Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlarini sotishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni so‘rashi mumkinligi, biroq Germaniya bu taklifni qabul qilishi dargumon ekanini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Isroil G'azo Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing