Endi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bir qator ishonchnomalarni o‘zida tasdiqlay oladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiklash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Qonunchilikka muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagilarni olish uchun ishonchnomani tasdiqlashi mumkin: 

•    xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni; 
•    ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni; 
•    mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni; 
•    pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni; 
•    bank muassasalaridan summalarni.

Ishonchnomalar davlat tilida rasmiylashtiriladi. Ishonchnoma rus tilida yoki boshqa maqbul tilda berilishi ham mumkin.

Ishonchnomalar fuqarolar yig‘ini binosida tasdiqlanadi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra fuqarolar yig‘iniga bora olmasa ishonchnomalar jismoniy shaxs joylashgan joyda to‘ldirilishi mumkin.

Quyidagi xollarda ishonchnoma tasdiqlash rad etiladi:

•    bunday ishonchnomani tasdiqlash konunga zid bo‘lsa;
•    bu harakat notarius tomonida amalga oshirilishi kerak bo‘lsa;
•    muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil ishonchnomani tasdiqlashni so‘rab murojaat kilgan bo‘lsa;
•    muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil ishonchnomani tasdiqlash uchun takdim etgan xujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa.

Ishonchnomalar ko‘pi bilan 3 yilgacha beriladi, muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa ishonchnoma 1 yil amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing