Endi FIFA palatasida o‘zbekistonlik mutaxassis ishlaydi
Sport
−
29 iyun 2023
4885Joriy yilning 23 iyun kuni FIFA Kengashi tashkilotning qator qo‘mitalari a’zolarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, endilikda FIFA organlaridan birida o‘zbekostonlik vakil ham faoliyat olib boradi.
Mazkur mutaxassis 2027 yilga qadar futbol agentlari faoliyatini tartibga solish va kelib chiqqan nizolarni ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanuvchi tribunalning agentlar palatasida ishlaydi.
U O‘zbekoston professional futbol ligasi (O‘zPFL) tomonidan Jahon professional futbol ligalari assotsiatsiyasi (WLF) orqali nomzod sifatida ko‘rsatilgan. FIFA'ning yakuniy qarori bilan O‘zbekiston vakilining nomzodi ma’qullangan. Bu orqali o‘zbekistonlik mutaxassis keyingi 4 yil davomida tashkilot palatasining a’zolari safida faoliyat yuritishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, O‘zPFL 2022 yilda WLF a’zoligiga qo‘shilgan. Buning ortidan yuqoridagi kabi soha mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar yaratilib, dunyo futboliga O‘zbekiston nomi chuqurroq kirib bormoqda.
LiveBarchasi